Saytga kirish A'zo bo'lish
Maskan.Ru - Ko`ngillar istagan maskan
Qiziqarli kanalimizga marhamat
';
Hikoyalar | jodugar 3
Sherali. — To'xtasang-chi!..
Sherali uning ortidan bormadi, nimadir xalal berdi. Yuragi g'ashlanib ichkariga qaytib kirganida… ne ko'z bilan ko'rsinki, boyagina ichko'ylakda oppoq badanlarini ko'z-ko'z qilgan Sokina allaqachon kiyinib, qo'lida katta sumka bilan uchishga shay qushday bo'lib turardi.
— Men endi tez ketmasam bo'lmaydi bu yerdan, — dedi u istehzoli tirjayib. — Tag'in gap-so'zga qolib yurmay!..
— Nima?.. Men-chi?.. Men nima qilaman endi?..
— Bilmasam… Sizga qiyin bo'ladi, xotiningiz endi qaytmaydi-yov…
Bu uning Sokinadan eshitgan so'nggi gapi bo'ldi…
Sherali ancha vaqt turgan joyida toshday qotdi, u bosinqirab tush ko'rib, cho'chib uyg'ongan odamdek karaxt edi. «Nima qilib qo'ydim?.. Nega bunday qildim?.. Nega folbinga ilakishdim?.. Nega?.. Yo'q!.. Meni… Meni o'sha yaramas folbin yo'ldan urdi!.. Hozir… O'ldiraman uni! O'ldiraman!.. Bolalarim!.. Qani bolalarim?..
Sherali jonholatda chopib chiqqanda ko'chada folbinning arvohi ham ko'rinmasdi…

* * *

Bu voqeadan yigirma yilcha o'tib, yaqinda qishloqqa borsam, ariq bo'yida soqollari o'sib, patak bo'lib ketgan, qoqsuyak bir erkakka ko'zim tushdi. Avvaliga hayron bo'ldim, bizning qishloqda bunaqa piyonistalar uchramasdi-ku!
Yaqinroq borib yuziga qaradim:
— Yo alhazar!..
Bu o'sha Sheralining o'zi edi. U miq etmay ko'zi bilan yer chizib o'tirar, oyog'i tagida bir-ikkita qog'oz pul tashlab qo'yilgan eski do'ppi, do'ppining yonida yarmi ichilgan vino shishasi…
Qo'ni-qo'shnilardan so'rab-surishtirsam, Xosiyatni uyga qaytarib olib kelolmagach, Sherali ichkilikka mukkasidan ketibdi, oqibatda hovlisiniyam arzongarovga sotibdi… Aroqning kasridanmi, aqli-hushi ham joyida emas, deyishadi.
Har kuni sotib ichgan hovlisi yoniga kelarkan-da, qorong'i tushgunga qadar tilanib, vino ichib, o'zicha allaqanday qo'shiqni ming'irlab xirgoyi qilib o'tirarkan. Qo'shig'iga ora-sira bolalarining, Xosiyatning nomini qo'shib aytarkan…
Tamom

Bu hikoya erotik janrda emas, turnir uchun ham emas. Shunchaki yaxshi hikoya ekan sizlar bilan bo‘lishgim keldi. Hikoya saytga chiqadimi yo‘qmi bilmiyman. Agar chiqgan bo‘lsa, mana siz o‘qib bo‘ldingiz. Hikoya muallifi Olimjon Hayit. Hammaga raxmat
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * PakO [Y] (16 Apr 2018, 12:13)
Ko'rilgan: 603
Reyting: 2
*2 | 0*

Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Saytda: 866 | Foydalanuvchilar: 4607 +5