Saytga kirish A'zo bo'lish
Qiziqarli kanalimizga marhamat
Maskan.Ru - Ko`ngillar istagan maskan
';
Hikoyalar | jodugar 2
yana kelasiz. To men bo'ldi demagunimcha kelaverasiz.
— Yaxshi…
Sherali sekin qo'zg'alib, o'ng qo'lini cho'ntagiga tiqdi. Sokina uning bilagidan mahkam ushladi.
— Shartmas, axir, odamga savob ham kerak-ku!
— Yo'g'-e, olib qo'ying!.. N-noqulay-ku!..
— Aytdim-ku, olmayman deb!.. Ertadan pul-mul, deb tashvish qilib yurmang!.. Shundog'am ishingiz yurishmay yotibdi. Ahvolingizni ko'rib, bilib turib sizdan pul olamanmi?..
— Rahmat sizga, singlim! — kulimsirab mingtalikni qayta cho'ntagiga tiqdi Sherali. — Yaxshiligingizni unutmayman!..
— Ertaga kechikmasdan keling!
— Bo'pti!..
Sherali xaltachani qo'liga oldi-da, shosha-pisha hovliga chiqdi.

* * *

Ko'z ochib yumguncha bir hafta o'tib ketdi. Sherali qorong'i tushdi deguncha ichi qizib, xaltacha qidirishga tushib qolar, Sokinaning oldiga qatnardi. Biroq savil qolgur ishi yurishay demasdi.
«Erimga nima bo'ldi o'zi?», deya Xosiyat hayron, — Folbin desa sakrab tushadigan odam oyog'ini qo'liga olib yugurgilab qoldi. Ta'sirini sezayotgandir-da!..».
Sokina folbin esa Sheralining ikki qo'lini oldinga cho'zdirib, salom qildirishdan charchamas, mijozi tik turgan joyida qattiqroq chayqala boshlasa, «Farishtalarim ichingizga kirib olgan jinlarni haydab chiqarayapti», deya vahima solardi.
Qatnayotganining o'ninchi kuni Sherali, odatdagiday, ko'zlarini yumib, qo'llarini oldinga cho'zgancha tek turarkan, beixtiyor munkib ketdi. Muvozanatini saqlolmay yuztuban yiqildi. Ko'zlarini ochganda… Sokinaning ustida yotardi…
Sherali oldiniga xijolat tortib, turib ketmoqchi bo'ldi. Biroq bo'yniga chirmashgan ayolning qo'llari uni arqonlab qo'ygandi.
— Oh, — derdi Sokina ko'zlarini yumgan ko'yi Sheralining bo'ynidan, ko'kragidan qayta-qayta hidlab, — qanday yaxshi!.. Shu paytgacha qaerda edingiz, mullaka?.. Qaerda edingiz?..
Erkak bo'lib begona xotinga qo'lini tekkizib ko'rmagan Sherali nima qilarini bilmas, turay desa, ilon tanasidek muloyim qo'llar bo'yniga chirmashgan. Iyagiga tiralib turgan Sokinaning ko'kraklari ohangrabodek o'ziga tortardi…
Oxiri chiday olmadi. Sherali ayolni mahkam quchoqlab, telbalarcha duch kelgan joyidan o'pa boshladi…

* * *
— Endi siz mening qulimga aylandingiz! — dedi Sokina ancha vaqt bir-birlarini yalab-yulqab yotishgach. — Rozimisiz?..
— Jonimni so'rang, jonimni!.. — uning mayin sochlaridan siladi Sherali. — Faqat menga ayting, eringiz bormi, yo yo'qmi?..
— Judayam bilgingiz kelayaptimi?
— Ha… Endi… So'radim-da!..
— Yaxshi… Erim bor. Ammo u sizday barno yigitmas. Juda landovur!.. Og'zidagi oshiniyam oldiri-ib, mo'ltirab o'tiraveradiganlar xilidan… Keyin… E, qolganini aytishga uyalaman… Xullas… Ko'nglim to'lmaydi undan… Tushuntira oldimmi?..
— Ha. — dedi Sherali. — Tushundim.
— Endi-chi, mullaka, ishingiz masalasida…
— Xo'sh?.. — Sherali hushyor tortib, Sokinani qattiqroq quchdi.
— Hozircha men bilan birga ishlab tursangiz.
— Q-qanaqasiga?.. Nima ish qilaman?..
— Hovlida odamlarga «Kiring, chiqing», qilib turasiz… Shu bahona birga bo'lganimdan ko'rgan-bilgan gumonsiramaydi. Uyoqda xotiningiz ham shubhaga bormaydi…
Sheralining o'zi ham endi Sokinaning etagiga o'ralashganidan kayfi chog' edi. Bu gap unga juda ma'qul tushdi…
— Bo'pti, men roziman!

* * *

Sherali endi folbinga zir qatnab turgan ayollardan tortinmay qo'ydi. Hovliga bemalol chiqib Sokina tayinlagandek rasmu rusumida mijozlarni ichkariga boshlaydi. Kechqurunlari uch-to'rt soat folbinning quchog'ida ishrat qiladi. Uzzukun u ana shu huzurli lahzalarni kutib yashar, maishat obi-tobiga yetsin, deya Sokina kunduzi bir shisha aroq ham opkeltirib qo'yardi.
— Vey, xotin, qo'llaring panshaxada-a, nega oyoqlaring buncha beo'xshov? — so'rab qoldi tun yarmida shirakayf bo'lib, folbinning yonidan qaytgan Sherali go'dagini allalab uxlatayotgan Xosiyatga ko'zi chaqchayib tikilib.
— Nima?.. — Xosiyat «yalt» etib eriga o'girildi. — Nima dedingiz?
— Nega beo'xshovsan deyapman, g'alcha! — takrorlardi er cho'ntagidan Sokina bergan bir dasta pulni chiqarib ko'z-ko'z qilarkan.
— Bu nima deganingiz, dadasi?.. Shuncha yashab qanaqaligimni bilmaganmidingiz?
— Ha, bilmagan ekanman! — ko'zini lo'q qildi Sherali. — Dunyoda-chi, shunaqa ayollar bor… O', ularga qarasang, ko'zing yayraydi. Sen-chi?.. O'lasanmi mundoq uyoq-buyog'ingga qarab yursang?..
— Hali shunaqami? — o'rnidan turib ketdi Xosiyat. — Men beo'xshov bo'ldimmi?.. Bo'pti, istasangiz, o'sha ko'zingiz yayraydiganini topib olavering! Faqat-chi…
Xosiyat uxlab qolgan qizchasini qo'liga ilkis ko'tarib oldi-da, narigi xonaga yo'naldi:
— Faqat… Meni kamsitmang!..

* * *

Sahar mardonda shoshilinch chiqib ketayotgan erining ortidan yotsirab qarab qolgan Xosiyatni o'y bosdi: «Tag'in o'sha folbin yo'ldan urgan bo'lmasin!.. Ja-a suluvmikan-a, tuppa-tuzuk erim birdan aynidi-qo'ydi!.. Voy tavba-a! Odam ham shuncha tez o'zgaradimi?.. Yo'q, shoshmay tursin hali! Buning tagiga yetmay qo'ymayman!.. Men o'la qolay, uni folbinga jo'natmay!.. Ishqilib bir baloni boshlamagan bo'lsin, Xudoyim!..».
Kech kirgan pallada ham yuragini shubha-gumonlar tark etmagan Xosiyat shom mahali bolalarini yetaklab, yo'lga tushdi. Alamli o'y-xayollarga berilib, uch bolani yetaklagancha birpasda qo'rg'onchaga yetib keldi va o'zi taxmin qilgan darvozaga yuzlandi. Darvoza qulf edi. Tomorqani aylanib o'tib hovliga kirib bormoqchi bo'ldi.
Xosiyat hovliga kirganida uy chiroqlari o'chirilgan, «tiq» etgan tovush eshitilmasdi. «Qayoqqa gumdon bo'ldi bular? — hayron bo'ldi u. — Biror yoqqa ketib qolishdimi yo?..
U yaqin borib, uy eshigini taqillata boshladi. Sado yo'q. Jahlga mingan Xosiyat eshikni oyoq bilan tepa boshladi.
Shundan keyingina ichkaridan erkak va ayolning shivir-shiviri eshitildi.
— Hoy, ochaveringlar!.. — erining ovozini tanigan Xosiyat beixtiyor yig'lamsirab baqirdi. — Qo'rqmanglar, dodlamayman!.. Faqat ochsalaring bo'ldi!..
Oradan ikki-uch daqiqa o'tib uy chirog'i yondi va bo'sag'ada Sherali ko'rindi.
— Ha, nima qilib yuribsan tun yarmida?.. Tinchlikmi?..
— Oching eshikni!.. Nimaga qaqqayib turibsiz?..
Sherali eshik zulfinini sug'urdi. Ichkariga bolalarni yetaklab bostirib kirgan Xosiyat ko'z yugurtirib folbinni qidira boshladi.
— Qani u? — so'radi erining qo'liga qizchasini tutqazib. — Qaerga berkitib qo'ydingiz oyimchangizni?..
— Q-qanaqa oyimcha?.. Nimalar deyapsan?..
Shu orada ichkari xona eshigi ohista ochilib, ich ko'ylakda Sokina paydo bo'ldi.
— Keling, singil!.. — hech narsa bo'lmagandek Xosiyatga so'z qotdi u. — Xo'sh, xizmat?..
— N-nima?.. — Xosiyat kaftini manglayiga bosgancha ortga tislandi. — Hali… Sen… Voy sho'rim!.. Voy men o'lib qo'ya qolay!.. Q-qanday sharmandalik!.. Yo'q… Qo'rqmanglar!.. Baqirmayman!..
— Xosiyat, sen… Noto'g'ri tushunmagin-da! — uni yupatmoqchi bo'ldi Sherali.
— Yaqinlashma menga!.. — ko'z yoshlari yuzini yuvib tushayotgan Xosiyat ovozini ko'tardi. — Bolam bor deb ham ortimdan izlab borib yurmagin!.. Bo'ldi!.. Yetar!.. Jazoingni… Xudo bersin!..
— Hoy, xotin, qayoqqa?.. —. qizchasini mahkam bag'riga bosgancha tashqariga otilgan Xosiyatning ortidan baqirdi
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * PakO [Y] (16 Apr 2018, 12:13)
Ko'rilgan: 622
Reyting: 0
*0 | 0*

Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Saytda: 869 | Foydalanuvchilar: 4607 +5