Saytga kirish A'zo bo'lish
Qiziqarli kanalimizga marhamat
Maskan.Ru - Ko`ngillar istagan maskan
';
Hikoyalar | jodugar
Erkak kishining ishi yurishmay qolsa, ko'ziga dunyo tor ko'rinib, kindik qoni to'kilgan uyiga ham boshi sig'may qolarkan. Sherali ishlayotgan to'quv fabrikasi xususiylashdi-yu, u «qisqartirish»ga tushib, bir haftacha bo'ldi — uyda o'tirib qoldi, qani endi yegan-ichgani ichiga tushsa.
Bo'zchining mokisiday hovlida borib-kelib yurgani-yurgan, nari borsa ko'chaga chiqadi. Odamlar ola qarayotgandek, barmog'i bilan nuqul uni masxaraomuz kulib shivirlayotgandek tuyulaveradi. O'n yil bir sinfda o'qib, shu tuproq ko'chada tepishib katta bo'lgan sinfdosh do'stlariga ham yurak yutib gapirolmaydi. Go'yo og'zini ochgudek bo'lsa, «Uchta bolangni qantarib uyda o'tirgani uyalmaysanmi? Vey, quruq gap quloqqa yoqmaydi, hech bo'lmasa shaharga borib mardikorlik qilsang-chi, erkak?», deya tanbeh berib qoladigandek…
«Mardikor emish, — o'zicha g'udranib tomorqa tarafga yurdi Sherali. — Shaharga borish uchun ham pul kerak. Qaerdan olaman? Xotin ham: boraqoling, deb ko'zidan uchib turgandir?! «Endi bir kamingiz mardikorchilik qilishmidi? Qo'ying, bir amallab kunimizni ko'rarmiz. Ishning urug'iga o't tushmagandir?!..», deyishi tayin… Mana, borimni bolalarga kiyim-kechak qildim. Yaxshiyam, xotin bog'chada ishlaydi. Hech qursa, kechki ovqatni o'sha yerdan tashib turibdi…».
U tomorqadagi pomidor, bodringlarga suv tarab andarmon bo'lib, kunni kech qildi. Tushlikka xotini Xosiyat qoldirib ketgan bir kosa sutga non bo'ktirib yedi…
— Yaxshi o'tiribsizmi, dadasi? — qosh qoraya boshlaganda bolalarni yetaklab Xosiyat kirib keldi. Sherali ikki yashar qizchasini, keyin egizak o'g'illarini erkalab o'pdi.
— Ha, o'tirmay yurt oshib ketarmidim? Yuragim siqildi, ermakka tomorqani sug'ordim.
— Voy, shunaqami? Yaxshi qipsiz. Ko'chatlar ja chanqagandi… Ha, aytgancha, sizga bir gap topib keldim.
— Gap?.. Nima ekan?
— Bugun bog'chadagilar aytib qolishdi: qo'rg'onchaga shahardan Sokina degan folbin ayol kelibdi. O'lib ketgan Xalcha xolaning uyini mahalladagilar unga ijaraga beribdi. Odam bosib yotganmish. Ikki-uch qatnasangiz, ishingiz yurishib, yo'lingiz ochilib ketarmidi… Rosa maqtashdi qizlar.
— Obbo, o'sha g'alchalarning gapiga laqqa tushdingmi-a! — xotinini koyigan bo'ldi Sherali. — Xudodan ham zo'rakanmi o'sha folbin?..
— Namuncha qaysar bo'lmasangiz? — dedi Xosiyat qovoqlari uyilib. — Uyda siqilib o'tiribsiz, shunga uchun so'rab-surishtirdim-da. Siz bo'lsangiz…
— Xo'p, nima demoqchisan? Boraymi o'sha folbinga? Cho'ntakda bir miri bo'lmasa! Quruq qo'lga fol ochmasa kerak!.. Bekordan-bekorga shahardan kelmagandir?..
— Mana, men bog'chada qizlardan ikki ming qarz oldim. Yarmini oling-da, bir borib ko'ring!.. Zora, ishingiz yurishib, ko'rmaganday bo'p ketsak!..
Sherali gapni urchitib o'tirmadi. Qizchasini qo'liga oldi-da, taragan suvidan xabar olgani tomorqa tarafga o'tdi.
Kechki ovqatni yeb bo'lishgach, Xosiyat yelim xaltachaga shisha idishda suv, isiriq, tuz solib berdi.
— Manavi isiriq bilan tuzga dam solib beradi. — tayinladi u eriga. — Suvni qaytarma qiladi, ichasiz…
«Ha, bu xotinlar balo, — ko'nglidan o'tkazdi Sherali. — Ikir-chikirigacha biladi-ya!..».
Bahor havosi, bir zumda osmonni quyuq qora bulutlar qoplab yomg'ir tomchilay boshladi. Sherali egniga kurtkasini ilib, velosipedda yo'lga tushdi.

* * *

Folbinning ijara uyi sakkiz chaqirimcha kelardi. O'n besh-yigirma daqiqa yo'l yurib, Sherali ko'kimtir darvoza ro'parasida to'xtadi. Shu mahal darvoza g'iyqillab ochilib, ichkaridan ikki-uch ayol qo'llarida tuguncha bilan chiqib qolishdi. Ular halloslab turgan Sheraliga bir-bir olayib qarab olishdi-da, pichirlashib jo'nab qolishdi.
Sherali xijolat tortib, bir zum bo'sag'ada turib qoldi. Erkak kishi folbinga ishonib… Folbinga ayollar qatnaydi-da. Nimaga Xosiyat o'zi kelmay, uni jo'natdi…
— Ha-ya, shuncha yo'lga bir o'zi kelmaydi-ku, axir! — o'yladi u sekin bo'sag'a oshib ichkariga qadam qo'yarkan. — Ishqilib, sharmanda qilmagin-da, Xudoyim!..
Folbin miqtigina, kulchayuzi oppoq ayol ekan. Etagi kaltaligidan qip-qizil ishton yopishib turgan boldirlari bo'rtib ko'zga tashlanardi. Sherali hayron bo'ldi: «Shaharlik ayollar lozimda yurmasdi-ku!.. Kalta ko'ylak kiyadiganlari oyoqlarini dirkillatib yurgich edi. Ha-a, bu ayol taqvodor, shekilli. Shunga lozim kiyib, ro'mol o'rab olgan».
— Mullaka, keling, xizmat!? — kulimsirab so'radi Sokina yuzlariga fotiha tortishgach.
— Ta'rifingizni eshitib keldim, — dedi Sherali ko'zini olib qochib. — Shu desangiz… Ishlar sal yurishmay turibdi… Shunga…
— Tushundim. Qani, qo'lingizdagilarni manavi dasturxon ustiga qo'ying-chi!..
Sherali xaltachadan shishadagi suvni, tuz va isiriqni birin-ketin olib, ko'rsatilgan joyga qo'ydi.
— Yaxshi. Bularga dam solib beraman. Isiriqdan har kuni bir-ikki chimdim tutatib turasiz. Tuzni hammalaring yeydigan ovqatga solib ishlataverasiz. Suvga bo'lsa, har kuni ertalab yuz-qo'lingizni chayasiz. Undan keyin uch martadan ho'plab ichasiz.
— Xo'p bo'ladi…
Sokina ko'z ostidan Sheraliga ma'noli qarab qo'ydi-da, qo'liga oq g'altak ipni olib, yarim metrchasini uzdi va ipni tugib turib, o'zicha pichirlab afsun o'qiy boshladi.
Sherali shu tobda sehrlanib, tosh qotgancha ayolning lablaridan ko'z uzolmasdi…
Sokina afsunni o'qib bo'lib, yuziga fotiha tortdi va o'rnidan qo'zg'aldi.
— Qani, mullaka, — uy to'rini ko'rsatib dedi u, — manavi yerga turing-chi!..
Sherali itoatkorona to'rga borib qaddini g'oz tutdi.
— Endi ikkala qo'lingizniyam oldinga cho'zing!.. Juda yaxshi!.. Endi-chi, salom qilib men aytgan so'zlarni qaytarasiz!..
— Xo'p!..
Sokina ikki qo'lini oldinga cho'zib ta'zim qildi.
— Avliyolarga salo-om!..
Sherali takrorladi:
— Avliyolarga salo-om!..
— O'tgan ota-bobolarimizga salo-om!..
Mashg'ulot o'n martalar takrorlangach, Sokina qo'llarini tushirib, bir chetga o'tdi.
— Endi qo'llaringizni tushirmay, ko'zlaringizni yuming!.. Faqat qimirlamang!..
Sherali ko'zlarini yumib yarim daqiqacha tosh qotib turgandi, beixtiyor chayqalib ketib, sal bo'lmasa, yuztuban yiqilayozdi.
— Ana, ko'rdingizmi? — dedi Sokina jonlanib. — Farishtalar belgi berdi!.. Eh, mullaka, ishlaringiz ancha chatoqqa o'xshaydi. Agar hammasi yaxshi bo'lganda, sizni turtib yuborishmasdi…
Umrida bunaqa sehru joduga duch kelmagan Sherali shu tobda butkul folbinning ta'siriga tushib qoldi. Xayolida qarshisidagi ayol xaloskoridek tuyular, uning og'zidan chiqqan gapni so'zsiz ado etishga tayyor edi.
— Qani, o'tiring!.. — dedi Sokina.
Sherali cho'kdi.
— Ko'zlarimga tik qarang!..
— Mana, qaradim!..
— Xotiningizga ko'ngilsiz ekansiz-a? — folbin Sheraliga qattiq tikildi.
— Yo'g'-e!.. — Sherali yelkasini qisdi. — Unaqamas.
— Yolg'on gapirmang, mullaka! Farishtalarim aytib turibdi, ahyon-ahyonda begona ayollar bilan bo'lishni o'zingizcha orzulab qo'yarkansiz. Xotiningizning qomati egik, qo'llari qadoq, oyoqlari ham erkaklarnikiday beo'xshov. Yo boshqachami?..
— T-to'g'ri-ku-ya!.. — g'udranib javob qildi Sherali. — Ammo…
— Mayli, buyog'ini menga qo'yib bering!.. — Sokina gap tamom degandek jimib, dasturxondagi ne'matlarga dam solgan bo'ldi.
— Ertaga
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: Boshqalar
Yozdi: * PakO [Y] (16 Apr 2018, 12:12)
Ko'rilgan: 885
Reyting: 0
*0 | 0*

Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Saytda: 882 | Foydalanuvchilar: 4607 +5