Saytga kirish A'zo bo'lish
Biz telegramda...
';
Hikoyalar | sinfdow
Bir sinfdoshim bor. O‘zi juda yaxshi yigit, ammo ibodatsiz, kayfu safoga berilgan, taralla bedod yigit. Qancha gapirsam ham parvoyiga olmasdi. Shu uchun, o‘rtamizdagi rishta faqatgina sinfdoshlik nuqtai nazaridangina qolgandi.
Vaqtlar o‘tib uylanadigan bo‘ldi. To‘y “diskotechniy” bo‘lgani uchun bormadim. Kelin taraf ham o‘ziga o‘xshagan kazo-kazolardan ekan. To‘yda rosa maishatbozlik, oqiyu, qizilidan bo‘lganini to‘ydan keyin bildim.
Vaqtlar o‘tib do‘stim o‘zgara boshladi va bir kun oldimga keldi. Hamma narsani boshidan aytib berdi. Keling, bo‘lgan voqeani uning tilidan aytib bera qolay.
To‘y tugab, ilk nikoh kechasi kuni uyga kirdim. Ozgina kayfim bor edi. Do‘stlar bilan ichgandik. Ne ko‘z bilan ko‘rayki ayolim joynamoz ustida o‘tiribdi. G‘alati tuyuldi. Bir oz o‘ng‘aysizlandim. Namozini tugatgach, kayfim zo‘rlik qilib teginaman dedim. lekin:
–“Iltimos, buguncha yotib uhlaylik”,–dedi.
–“Nozingdan o‘rgildim”,– dedimda yotib uhladim. Shu bilan ertansi kuni peshinda uyg‘ondim. Kech kirdi. Yana yolg‘iz qoldik.
So‘ng gap boshladi.
– “Iltimos, tahorat qilib chiqing. Kecha ayta olmadim, nikoh namozini o‘qisak degandim”,–dedi.
– “Ie, buyog‘i qiziq bo‘ldiku, siz otin oyimisiz?”,–dedim.
Indamadi.
Taajjublanganim qizning otasi, ya’ni mening qaynotam shaharda katta aroqfurushlardan edi. Uning qizi esa menga:
–“Namoz o‘qing”,–deyayotgandi.
Yo tavba, men esa ibodatlik ayolga uylanganimdan mutlaqo behabar edim.
O‘sha kun tahorat qilishni bilmasligimni, keyin o‘qishligimni aytdim. Kunlar o‘ta boshladi. Ayolimga ota-onam qistovi bilan uylangandim. Ko‘chadan lazzatini topadigan mendek nobakor o‘g‘ilni majburlab uylantirishgandi.
To‘y ham ehtiyojlar ustiga qurilganidan habarim boridi.
Ayolimni oilasi bizning oilamizga mosidi. Ota-onamning qistovi bilan yoqmasa ham uylanib yuboravergandim. Lekin ahli ayolimda unday narsalar yo‘q, juda sodda, oddiy va kamiga taqvodor ham edi. O‘zi ko‘rimsiz bo‘lsa ham odob va ahloqi bilan o‘ziga rom eta boshladi. Mehrim oshib bordi. Kech yurishlar kamaydi.
Lekin ichib kelishim to‘xtamasdi. Ayolim bilan shunday “dogovor” qilib olgandik, ichib kelgan kunim uyga kirmayman. Boshqa xonada yotaman.
Odatiy kunlarning birida ichib keldim. Boshqa honaga joy olingan ekan..
“Qayerdan bildi ekan ichganimni?” dedimda, yotdim.
Ertalab tursam oldimda o‘tirgancha uhlab yotibdi. Qimirlaganimni bilib uyg‘onib ketdi. Yuz qo‘limni yuvib chiqdim..
.Bir vaqt ayolim tiz cho‘kib qo‘limni ushladi:
– "Yolvoraman, Allohdan qo‘rqing, shu narsani ichishni tashlang. Yaqinda ota bo‘lasiz.
Farzandimning otasi bunday bo‘lishini hoxlamasdim",–dedi.
Ko‘zidan oqayotgan yosh, ota bo‘lishligim quvonchi ichimdan bir narsa uzilib ketgandek bo‘ldi.
Ozgina qotib turdimda:
boshqa ichmayman” dedim.
O‘sha kundan ichishni tashladim. Ulfatlar ham yoqmay qoldi. Avvalgi bazmlar endi yo‘q, ko‘rishib darrov ketardim. Do‘stlarimning:
“Xotin quli, uylanib o‘zgaribsizu, muncha hotindan qo‘rqmasang”,–kabi so‘zlariga ahamiyat bermay, ular bilan aloqani uzdim.
Asta sekin tahorat, namozni ham o‘rgandim.
Mana endi do‘stim masjidga olib chiqish senga qoldi", –dedi.
Do‘stim gapirardi, men esa yig‘lardim.
Yuklab olish:
TXT format
Bo'lim: O'qish davri
Yozdi: * PakO [Y] (20 Noy 2017, 22:41)
Ko'rilgan: 953
Reyting: 2
*2 | 0*

Fikrlar: (0)
*Xabar:

Xabar yozish uchun a'zo bo'ling yoki saytga kiring!
Xabar yo'q!
Saytda: 250 | Foydalanuvchilar: 3619 +9